
Kosta soliqdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda
Madridning “Atletiko” klubi forvardi Diego Kosta Ispaniyada soliqlar bilan muammolarga duch keldi.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mamlakat soliq organlari 30 yoshli futbolchini 2014 yilda 1 mln evro soliq to‘lamaganlikda ayblashmoqda. Ular e’lon qilgan bayonotga ko‘ra Kosta o‘z imij huquqlaridan tushgan 1,4 mln evro miqdoridagi pulni noqonuniy daromad olish uchun yashirgan. Aniqrog‘i, u Adidas kompaniyasi bilan imzolagan shartnomasini e’lon qilmagan.
Ma’lumot uchun, Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida 27ta o‘yinda maydonga tushdi va 7ta gol urishga erishdi.
Fikrlar