"Kopa Amerika": Xayr, Braziliya!

  • 7 iyul, 2024, 08:37
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Kopa Amerika"ning chorak final uchrashuvlari o‘z nihoyasiga etdi. Yarim finalga Argentina, Kanada, Kolumbiya va Urugvay terma jamoalari yo‘l olishdi. Shu bilan birga, Braziliya turnir bilan xayrlashdi. 

Urugvayga qarshi o‘yinda hisob ochilmagach, penaltilar seriyasga murojaat qilindi. Dastlab. Militao, keyin esa Duglas Luis gol ura olmadi va jamoa mag‘lubiyatga uchradi. 

Bu natija ko‘pchilikni hayratga solmagna bo‘lsa ham ajab emas. Braziliyaliklar guruhdan ikkinchi o‘rin bilan chiqqani, turnir davomida faqatgina bir marotaba g‘alaba qozongani mamlakat muxlislariga ham yoqayotgani yo‘q.

So‘nggi marta Braziliya 2016 yilda bo‘lib o‘tgan chempionatda finalgacha etib kela olmagan. Undan keyin 2019 yili birinchi, 2021 yili esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgandi. 2016 yilgi "Kopa Amerika"da "pentakampeonlar" guruhda qolib ketgan va jamoa bosh murabbiyi Dunga o‘z lavozimidan ozod qilingan. 

Philippe Coutinho-inspired Brazil hammer hapless Haiti in Copa America rout  - Eurosport

Shu tariqa, Urugvay yarim finalga yo‘l oldi. Keyingi raqib Kolumbiya. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!