Konyadagi Islom birdamlik o‘yinlarida vakillarimiz 23 ta sport turidan ishtirok etadi

  • 19 iyul, 2022, 12:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

2017 yilning 12-17-may kunlari o‘tkazilgan IV Islom birdamlik o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar ilk marotaba ishtirok etgan edi. Bokudagi ushbu musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi 100 nafar sportchi bilan qatnashgan.

Tecno

E’tiborlisi, ishtirokchilar orasidan taniqli sportchilar, xususan Olimpiya o‘yinlarida qatnashish bo‘yicha dunyo rekordchisi Oksana Chusovitina va Rio-2016 olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov ham joy olgan edi.

Bu o‘zbekistonlik sportchilar uchun Rio olimpiadasidan keyingi ilk yirik turnir edi. Hamyurtlarimiz boks, dzyudo, taekvando, erkin kurash, yunon-rum kurashi, og‘ir atletika, badiiy va sport gimnastikasi, tennis kabi sport turlarida ishtirok etib, jami 63 ta medal bilan kuchli beshlikdan joy olgan.

E’tirof etish joiz, musobaqada debyut qilgan jamoamiz uchun bu katta natija hisoblanadi.

2021 yil Turkiyaning Konya shahrida o‘tishi belgilangan V Islom birdamlik o‘yinlari esa pandemiya sabab qoldirilgan edi. Endilikda, Islom birdamlik o‘yinlarining nufuzi yildan yilga oshib bormoqda. Misol tariqasida, Boku-2017ga 20ta sport turi kiritilgan bo‘lsa, KONYa-2021 o‘yinlarida sportning 23 turi bo‘yicha musobaqalar tashkil etiladi. Ular orasida Olimpiya, paralimpiya va noolimpiya sport turlari ham bor. Ayni damda Konyada sportchilar, jurnalistlar va muxlislar xavfsizligini ta’minlash va qulayliklar yaratish uchun tayyorgarlik jarayonlari qizg‘in davom etmoqda.

Hozirda sportchilarning jismoniy holatini yaxshilash va tayyorgarlikni yuqori bosqichga olib chiqish, yuqori natijalar qayd etish, musobaqani OAVda keng yoritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

V Islom birdamlik o‘yinlarida vakillarimiz suzish, kamondan otish, engil atletika, basketbol, qilichbozlik, badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, gandbol, dzyudo, stenddan o‘q otish, stol tennisi, taekvando, og‘ir atletika, erkin kurash, yunon-rum kurashi, kikboksing, karate, an’anaviy turk kamoni, para stol tennisi, para kamondan otish, para suzish, para engil atletika kabi sport turlaridan ishtirok etishadi. Delegatsiyamiz tarkibidan o‘rin olgan sportchilarga ushbu o‘yinlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishida omad tilaymiz.

Ma’lumot uchun: 2025 yilgi VI Islom birdamlik o‘yinlari Kamerun davlatida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!