
Konte "Yuventus" bilan bog‘liq vaziyat uchun sudlashmoqchi
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte mavsumlar oralig‘ida klubni tark etishi haqidagi xabarlarga izoh berdi.
Oldinroq, La Repubblica nashri italiyalik mutaxassis "Yuventus"ga qaytishi haqida ma’lumot chiqargan edi.
"Sarrining iste’fosi masalasida "Yuventus" rahbariyati va futbolchilari bilan aloqam borligini qat’iyan inkor qilaman. Uni yozgan muallifni va mas’ul muharrirni sudga beraman. "Inter" bilan uch yillik shartnoma imzolaganman va g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun harakatda davom etaman", - deydi Konte.
Joriy mavsumda italiyalik mutaxassis qo‘l ostida "Inter" chempionatni "Yuventus"dan bir ochko farq bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Fikrlar