
Konorning keyingi raqibi ma’lum. Bu Maykl Chendler emas
Irlandiyalik mashhur jangchi Konor Makgregorning keyingi raqibi ma’lum bo‘ldi.
"Keyingi jangimni 2025 yil 1 fevral kuni Den Xukerga qarshi o‘tkazaman. U ketma-ket uch o‘yindan buyon g‘alaba qozonib kelmoqda", - dedi sobiq UFC chempioni "Bloody Elbow" ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Maykl Chendlerga qarshi oktagonga chiqishi kerak edi. Ammo yakunda amerikalikning raqibi Charlz Oliveyra o‘zgarib ketdi.
Fikrlar