Kolo Muani APLga boradigan bo‘lyapti!

  • 9 avgust, 15:23
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi Kolo Muani bilan muzokoralarni boshladi.

Tecno

"Qarg‘alar" Sheshkoni o‘z tarkibiga qo‘shib qo‘lga kiritolmagach, bor e’tiborini Kolo Muaniga qaratgan. Eddi Xau jamoasi yana boshqa variantlarni o‘rganyotgan bo‘lsada, klubning asosiy maqsadi Muani bo‘lib qolmoqda. Angliya klubi hozirda futbolchi bilan muzokarlarni boshlab yuborgan. Frantsiyalik futbolchining PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Futbolchi yarim mavsumni ijara asosida "Yuventus" jamoasi safida o‘tkazgan edi. Hozirda Kolo parijliklar safida kelib qo‘shilgan. Forvardning ayni payta "Transfermarkt" portalidagi narxi 30 million evro qilib belgilangan.

Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum Turin klubi safida 36 o‘yinda maydonga tushib, 12 gol kiritgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!