
Kolbi Kovington: "Leon qochishni bas qil"
UFC yarim o‘rta vazn toifasining yulduzlaridan bir Kolbi Kovington (17-3) Leon Edvardsni u bilan jangi qabul qilishga chaqirdi.
"Leon, do‘stim, qochishni bas qil. Haqiqiy chempion ekanligingni isbotla... Haqiqiy chempion bo‘lsang, hammani mag‘lub etasan. Men seni kutaman",- deya izoh qoldirgan Kovington.
Eslatib o‘tamiz, Leon Edvards "UFC 286" turnirida Kamaru Usmanni 2- bor mag‘lub etib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolgandi. Kovington esa so‘ngi jangini 2022 yilda o‘tkazgan va unda Xorxe Masvidal ustidan zafar quchgandi.
Fikrlar