KO‘JCh. "Real Madrid" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi

  • 6 iyul, 03:05
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan "Real Madrid" - "Borussiya Dortmund" ishtirokidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
So‘nggi daqiqalar hujumlarga boy kechgan uchrashuvda "qirollik klubi" 3:2 hisobida muvaffaqiyatga erishdi. 
 
Dastlab bellashuvning 10-daqiqasida Arda Gyulerning uzatmasidan so‘ng Gonsalo Garsiya turnirdagi 4-golini kiritdi. Shuningdek, oradan yana 10 daqiqa o‘tib, Trentning pasidan keyin Fran Garsiya ham darvozani ishg‘ol qilgan holda, o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Qolgan o‘yinning asosiy vaqtida muxlislar gol ko‘rmadi. Lekin qo‘shib berilgan daqiqalarning 2-si o‘tib borayotganda Bayer gol urib, oradagi farqni qisqartirdi. Oradan 2 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe qaychi uslubida chiroyli gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Germaniyaliklar ushbu goldan so‘ng ham to‘xtab qolmasdan oldingi o‘tdi va penalti ishlab oldi. Ushbu vaziyatda Hausen Girassiga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun qizil kartochka bilan jazolandi. 11 metrlik jarima zarbasini Girassi golga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. So‘nggi sekundlarda esa Tibo Kurtua super seyv amalga oshirib, jamoasiga g‘alabani taqdim etdi (3:2). 
 
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Real Madrid" o‘rtasidagi to‘qnashuv 10 iyul kuni soat 00:00 da start oladi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!