Ko‘chirilgan Tokio Olimpiadasi xarajatlari 16 mlrd.dollarga etmoqda

  • 23 dekabr, 2020, 12:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Koronavirus pandemiyasi sababli 2021 yilga ko‘chirilgan Tokio Olimpiadasining Tashkiliy qo‘mitasi O‘yinlar uchun umumiy xarajatlar 1,64 trillion yenani (15,9 milliard dollar) tashkil etishini ma’lum qildi. Avval boshda esa bu xarajatlar 1,35 trillion yena bo‘lishi rejalangan edi.

Tecno

“Tokio-2020” Olimpiadasining xarajatlari 294 milliard yenaga (2,84 milliard dollarga) ortdi. Bu, jumladan O‘yinlar ob’ektlarini jihozlash, Olimpiya shaharchasiga xizmat ko‘rsatish va sport jihozlarini saqlash xarajatlarining ortishi hisobiga bo‘ldi. 96 milliard yena (taxminan 1 milliard dollar) esa 2021 yilda Olimpiada paytida koronavirus tarqalishining oldini olish uchun sarflanadi.

O‘yinlar umumiy xarajatlarining 721 milliard yenasini (deyarli 7 milliard dollar) Tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga oladi, Tokio munitsipaliteti xarajatlarning 702 milliard yenasini (deyarli 6,8 milliard dollar), Yaponiya hukumati – 221 milliard yenasini (2 milliard dollar) to‘laydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!