
Klublar o‘rtasidagi JChga qur’a tashlandi: OChL g‘olibi Meksika klubi bilan dastlabki bosqichda to‘qnash keladi
FIFA rasmiy "Tvitter" sahifasi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati qur’asi natijalarini e’lon qildi. Meksika vakili "Tigres" ilk bahsda OChL g‘olibi "Ulsan Xyunday"ga qarshi saf tortadi. Ikkinchi juftlik esa, mezbon "Al-Duhayl" va Misrning "Al-Ahli" jamoalaridan iborat.
Libertadores kubogi g‘olibi va "Bavariya" o‘z ishtirokini yarim finaldan boshlaydi. Quyida ushbu qur’aning to‘liq natijalari bilan tanishishingiz mumkin:
Fikrlar