
Kloppning kutilmagan qarori
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jarohati tufayli mavsumni o‘tkazib yuboradigan Virjil van Deyk o‘rniga qishki transfer vaqtida yangi himoyachi sotib olmaydigan bo‘ldi.
Avvalroq, liverpulliklar Dayot Upamekano, Xose Ximenes, Kalidu Kulibali va Ben Uayt kabi markaziy himoyachilar transferiga qiziqish bildirayotgani aytilayotgan edi.
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteynning ma’lumot berishicha, “Liverpul”ning bu qarorga kelishiga qishki transferlar vaqtida futbolchilarning narxi baland va tanlov imkoniyati pastligi sabab bo‘lgan. Qolaversa, yangi kelgan futbolchi Klopp jamoasining o‘yin uslubiga moslashgunicha mavsum yakunlanadi.
Shu munosabat bilan Yurgen Klopp qimmatbaho futbolchilar olish fikridan qaytib, masalani ichki resurslarga tayangan holda hal etmoqchi.
Fikrlar