
Klopp uch yulduzni ko‘zladi
“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoasini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin bo‘lgan uch futbolchini tanladi.Klub rahbariyati bu o‘yinchilarni transfer qilishi kerak bo‘ladi.
Germaniyalik murabbiy ro‘yxatidan “Bavariya” yarim himoyachisi Kingsli Koman, “Lester” vakili Yuri Tilemans va “Lill” etakchisi Renatu Sanshesh joy olgan.
Bu uch futbolchini qo‘lga kiritish uchun klub 200 million funtga yaqin mablag‘ sarflashi kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Klopp Koman transferini amalga oshira olmasa, uning o‘rniga “Napoli” hujumchisi Lorentso Insineni taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar