Klopp ikki shogirdiga ruxsat berib yubordi

  • 18 oktabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyaning amaldagi chempioni – “Liverpul” yana ikki nafar yarim himoyachini ijaraga berganini rasman e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, 23 yoshli Xarri Uilsonni “Kardiff Siti” va 17 yoshli Xarvi  Elliot “Blekborn”ga o‘tkazildi.

“Liverpul”da tarbiyalangan Uilson Uels terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. U yaqindagina chempion jamoa tarkibida debyut qilgan edi. Bungacha “Xall Siti”, “Derbi Kaunti” va “Bornmut” kabi jamoalarda ijarada to‘p surgan. O‘tgan mavsumda Angliya premer-ligasida 31 ta uchrashuvda ettita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Angliya yoshlar terma jamoasi vakili Elliot  2019 yilda “Fulxem”dan transfer qilingan edi. Iyul oyida ilk professional shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi “Liverpul” tarkibida ettita o‘yin o‘tkazgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!