
Kimning oti zo‘r sakraydi?
Poytaxtimizdagi “Universal horses stable” ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan bellashuvlar keskin va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
5-7 yoshga to‘lgan otlar ishtirokida o‘tgan bellashuvlarda chavandoz Alisher Erkinov «Bakarat» hamda «Frenshi» laqabli otlarida 1-hamda 2-o‘rin sohibi bo‘ldi. Mirzohid Musaev esa «Povar Deym VDL» laqabli tulporida 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.
100 santimetr balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda Mila Isroilovaga teng keladigani topilmadi. Shahina Xo‘jaeva va Viktoriya Vipritskaya keyingi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
2011-2015 yillarda tavallud topgan bolalar o‘rtasida o‘tgan bellashuv (balandlik 100 sm.) da Farzona Azimova g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Sevinch Nazarova ikkinchi, Muhammadyusuf Yo‘ldoshev uchinchi o‘rinni egalladi.
Havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan 80 santimetr balandlikni zabt etishda Jasmina Azimova va Izzatullo Abdug‘afforovlar etakchilik qildi.
Fikrlar