
Kim kuchliroq: Abduqodir Husanov yoki Vitor Reys?
"Manchester Siti" so‘nggi oylardagi qoniqarsiz natijalari sabab, qishki transferlar oynasida Abduqodir Husanov va Vitor Reysni jamoaga jalb qildi. Ushbu ikki fulbekning ustunlik tomonlari bilan batafsil tanishing.
Vitorning paslar aniqligi 56 % bo‘lsa, Husanovda bu ko‘rsatkich 47.4 % tashkil etmoqda. Uzoq masofaga bo‘lgan paslar aniqligi braziliyalik futbolchida 72.5 %, milliy terma jamoamiz a’zosi esa 81.1 % bilan yuqori natijani qayd etgan.
Himoyaviy harakatlar bo‘yicha Reys 57.8 %, Abduqodir esa 95.5 % natija ko‘rsatgan. Ikkinchi qavatdagi kurashlarda g‘alaba qozonish bo‘yicha 19 yoshli himoyachining natijasi 66.8 %, futbolchimizniki esa 81.3 % ni tashkil etadi.
To‘pni hujumga olib chiqish bo‘yicha "Palmeyras" o‘yinchisining ko‘rsatkichi 21.7 % bo‘lsa, 20 yoshli etakchimiz 29.4 % qayd etgan.
Shu bilan birga, Reys Sofascore portalida o‘rtacha 6.91 ballni qo‘lga kiritgan, "Bunyodkor"ning sobiq himoyachisi esa 7.17 ball to‘plashga muvaffaq bo‘lgan.
Hamyurtimiz "shaharliklar" tarkibidagi yosh raqobatchisidan faqatgina paslar aniqligi bo‘yicha biroz ortda bormoqda. Qolgan barcha jabhalarda ustunlikka ega.
Ma’lumot o‘rnida, Husanovning Transfermarkt portalidagi narxi 12 million evro, Vitorniki esa 14 million evro deb baholanmoqda.
Fikrlar