
Kike Seten: Koutinoga imkoniyat beraman
"Barselona" bosh murabbiyi Kike Seten yarim himoyachi Filippe Koutinoning kelajagi bo‘yicha gapirib o‘tdi.
"Koutino ajoyib futbolchi, uning o‘yin uslubi menga yoqadi. U hamon "Barselona" futbolchisi.
Agar Filippe ketadigan bo‘lsa, unda xaridor transfer uchun "Barselona"ni qanoatlantiradigan summani taklif qilishi kerak bo‘ladi. Xar qanday holada ham u kerakli imkoniyatni mavsum boshida qo‘lga kiritadi. Ammo men uning xohishlarini ham o‘rganib chiqishim kerak", - deydi Seten.
27 yoshli futbolchi joriy mavsumni "Bavariya" safida ijara o‘tkazmoqda. Ortda qolgan turlar davomida futbolchi klubi libosida 22 o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol muallifi bo‘ldi.
Fikrlar