
Kesse so‘nggi soniyalarda gol urib, jamoasiga g‘alaba taqdim etdi
Saudiya Arabistoni chempionati 3-turidan o‘rin olgan "Al-Ahli" - "Al-Ahdoud" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jiddaliklar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Frank Kessening 90+6-daqiqada urgan goli Mattias Yayssle shogirdlariga 3 ochko taqdim etdi.
Ayni dam "Al-Ahli" Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 9 ochko bilan 2-o‘rinni band etib turibdi. Ular "Al-Ittihod"dan faqatgina to‘plar nisbatida ortda qolmoqda.
Fikrlar