
Keskin burilish! Messi "Nyuells Old Boyz" klubiga o‘tish variantini ko‘rib chiqmoqda
PSJ futbolchisi Lionel Messi Argentinaga qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda. U "Nyuells Old Boyz" jamoasida to‘p tepishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchi iyun oyida "Nyuells Old Boyz" klubi ishtirok etadigan ko‘rgazmali o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etmoqchi. Ushbu o‘rtoqlik bahsi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan argentinalik Maksi Rodrigesga bag‘ishlanadi. Bellashuv 16 iyun sanasiga belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Messi "Barselona" tizimiga o‘tishdan oldin "Nyuells Old Boyz" klubi sharafini himoya qilgan. Jamoa Lionelning ona shahri Rosarioda joylashgan.
Fikrlar