
Kepa Arrisabalaganing "Bornmut"ga o‘tishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
Darvozabon Kepa Arrisabalaga va "Chelsi" o‘rtasidagi yangi kelishuv shartlari ma’lum bo‘ldi. The Athletic xabariga ko‘ra, "Bornmut"ga ijaraga ketishdan oldin ispaniyalik darvozabon londonliklar bilan shartnomasini 2026 yilgacha uzaytirgan. Qayd etilishicha, Kepa maoshni sezilarli darajada kamaytirishga rozi bo‘lgan. Uning ijara vaqtidagi barcha xarajatlari "Bornmut" tomonidan qoplanadi.
Manbaga ko‘ra, Kepaning yangi shartnomasida tovon puli 5 million funt sterlingni tashkil etadi. Uning faollashishi uchun bir qator oddiy shartlar bajarilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilda "Chelsi" Kepani "Atletik"dan 80 million evro tovon puli evaziga sotib olib, uni dunyodagi eng qimmat darvozabonga aylantirgandi.
Fikrlar