Kepa Angliyaning boshqa bir klubiga ko‘chib o‘tmoqda

  • 27 avgust, 2024, 17:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" a’zosi Kepa Arrisabalaga APLning "Bornmut" klubiga ko‘chib o‘tmoqda. Transfer masalasi deyarli hal, tomonlar kelishib olishgan. Bu haqida insayder Fabritsio Romano ma’lum qilmoqda. 

Tecno

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, darvozabon ijaraga o‘tadi va shartnomada sotib olish bandi bo‘lmaydi. Ispaniyalik posbon "aristokratlar" bilan bitimini 2026 yilgacha uzaytirdi. 

Kepa ayni paytda "Bornmut" uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqda. Tez orada transfer rasman e’lon qilinadi. 

O‘tgan mavsumni 29 yoshli futbolchi "Real" tarkibida o‘tkazgandi. Ammo klub uni sotib olmadi. Sababi, madridliklarni Andrey Lunin tark etgani yo‘q. 

Rasm

2018 yili "Atletik"dan 80 million evro evaziga "Chelsi"ga o‘tgan Kepa jamoaning asosiy darvozaboniga aylanishi qiyin masala. Robert Sanches bu maqomni unga osonlikcha berib qo‘ymaydi. Klub ham uni keyingi yili tekinga ketishini istmayapti. Shu sababli, shartnomani uzaytirib, yanagi yozda katta ehtimol bilan posbonni sotishga harakat qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!