
Kelajak uchun yangi umid yohud nima uchun Peres va Fatiga ishonish kerak?
Vaqt – beshafqat. “Barselona” hujum chizig‘i vakillari Messi va Suarez 33 yoshda. Tez orada bu ikki afsona faoliyatida keskin pasayish bo‘lishi mumkin. “Barsa”dagilar ertami-kech lider o‘zarishini to‘g‘ri tushunishadi.
Kimdir Koutinoni lider bo‘ladi degandi, ammo u “Bavariya”ga ijaraga berildi. Kimdir Dembeleni liderlikka da’vogar degandi, ammo unig jarohat sabab o‘tkazib yuborgan o‘yinlari maydonga tushganlaridan ko‘p.
Bularning hammasi ernesto Valverdeni nimadir yangilik qilishga undadi. Rafinya bir muddat porlab chiqqandek bo‘ldi, lekin u ham baribir yuqori darajaga chiqa olmadi. Valverde tarkibga ikkita yosh futbolchi – 21 yoshli Karles Peres va 16 yoshli Ansi Fatini qo‘shdi. Aynan mana shu yoshlar yillar o‘tib Messi va Suarez o‘rnini bosishi mumkin.
Fati kambag‘al oilada o‘sgan, futbolni esa Gvinei-Bisau ko‘chalarida o‘rgangan. Maydonda debyutini o‘kazganda 16 yoshu 298 kunlik edi va Fati “Ko‘k-anorranglilar” safida 1941-yildan beri eng yosh debyutant maqomiga sazovor bo‘ldi.
Fati “Barsa” akademiyasida o‘ynab yurgan paytlarida uning iqtidori borasida ko‘p gapirishardi va vaqt o‘tib bu iqtidorni butun dunyo ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi. Uning hayotidagi ikkinchi professional shartnomasi asosiy jamoa bilan tuzilgani yosh futbolchi uchun chinakam baxt.
Uning iste’dodini eng birinchi Albert Puyg, “Barsa”ning texnik direktori, payqab qoldi. U paytlarda Ansu “Sevilla” yoshlar jamoasida to‘p surar edi.
“Skautimiz menga u haqida xabar berdi. O‘sha paytda u 8 yo 9 yoshda edi. Sevilladan uncha uzoq bo‘lmagan errerada istiqomat qilardi. Men Sevillaga oshiqdim. Chunki shu vaqtda Ansu “Real”ning taklifi haqida o‘ylab yurgan edi. Mening oldimda uning ota-onasiga Ansu uchun La Masiya yaxshi variant ekanligini tushuntirishdek vazifa turgandi. Ikki va uch urinishda men maqsadima erishdim” – deydi Puyg.
“Uning otasi bilan Barselonadagi loyihani muhokama qildik. Men unga “Barselona” uyidan 1000 km uzoqda bo‘lsa ham, ikkala o‘g‘li uchun ham (Ansuning ukase Braim ham La Masiyada)eng yaxshi joy bo‘lishini tushuntirdim. Bu erda gap pulda emas, yurak amrida edi. Otasi esa rozi bo‘ldi va oilasi bilan Ispaniyaga etib keldi.”
Fati “Barsa”dagilar bilan kelishib olganidan “Sevilya” rahbariyati norozi bo‘ldi. Ammo endi kech edi. Fati 10 yoshga kirgach, Kataloniyada mashg‘ulotlar o‘tashni boshladi. U jamoadoshlari ichida eng yoshi edi.
“Odatda, Kataloniyaga keladigan yosh iqtidorlar 13 yoki 14 yoshda bo‘lishadi. Ansuning buncha erta kelishi hammani hayratga soldi. Ammo undagi mehnatsevarlik jamoadoshlari bilan tezda chiqishib ketishini ta’minladi.” – deb hisoblaydi Puyg.
Ansuning chinakamiga omadi kelgan. U o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushmasdan turib, asosiy jamoada debyutini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.
“U iqtidorli. Hujum chizig‘ining istalgan nuqtasida o‘zini ko‘rsata oladi. Bu uni ajratib ko‘rsatadi. U tezkor. Unda tabiat in’om etgan iqtidor mavjud. Yoshlik yillari Afrikada o‘tganini unutmang. Uning birinchi ustozi – ko‘cha.”
Damiya, “Barsa”ning sobiq futbolchisi, hozirda Kataloniya yoshlar jamoasining murabbiyi Fatining o‘yinini jiddiy kuzatdi va uning iste’dodi Damiyani lol qoldirdi. U shoshmaslikni maslahat berdi. Bo‘lmasa Fati ham boshqa debyutantlar kabi tez porlab, tez so‘nishi mumkin deb hisoblaydi.
“Keling, “Barsa”da debyutini o‘tkazgan eng yosh futbolchilarni olaylik. Ularning ko‘pchiligi jamoada qolmadi. Bir qanchasi qiyinchilik bilan professional ligalarda qolishga erishdi. Ansu yangi Mbappe bo‘la oladi deb ishonch bilan ayta olmaymiz. Mark Muniesani yodga olaylik. U ham Pep davrida o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushmasdan asosiy jamoaga jalb qilingan edi. Hozir qaerda u? Angliyada porlay olmadi, “Jirona” u bilan shartnoma tuzishni istamadi va hozir Qatarda o‘ynayapti.”
Kutilayotgan natija haqida gapirayotganda ehtiyot bo‘lish kerak. Fati shu yil professional futbolchi bo‘la oladimi? Menimcha, ha. Asosiy tarkibda maydonda tushadimi? Ha. Ammo asosiy jamoada o‘z o‘rnini kafolatlashi haqida hech narsa deya olmayman” – deydi Damiya.
Puygning yana bir kashfiyoti Peres hisoblanadi. Karles 2017-2018 yilgi mavsumda yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar ligasida “Barselona”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lgandi. Pozitsiyasi tufayli u asosiy jamoada etarlicha amaliyotga ega bo‘lishi mumkin.
Agarda Valverde yoshlarga e’tibor bersa, Peres va Fati asosiy tarkib uchun nomzod bo‘la oladi. Ammo ular “Betis”ga qarshi maydonga tushishgani hech narsani anglatmaydi. Chunki tarkibda Messi va Suarez yo‘q edi. Ular esa ikki yulduzning o‘rnini bosish uchun tarkiba jalb qilindi. Ernestoning klubdagi tarixiga nazar solsak, boshqacha vaziyatda ikki yosh futbolchi tarkibga qo‘shilmas edi.
Valverde yosh futbochilar bilan qiziqmaydi. Kanteranolarni jamoaga taklif qilishni yoqtirmaydi. Messi va Suarezning jarohati Peres va Ansuga o‘zini ko‘rsatishlari uchun juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi.
Fikrlar