Kechagi kunning muhim xabarlari

  • 25 iyun, 2019, 17:39
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha saytimizda o‘zbek va xorij sportiga oid ko‘plab xabarlar chop etildi. Ular orasida saytimiz kuzatuvchilari quyidagilarni ko‘proq mutola qilishdi.

Tecno

Siz kechagi kuning muhim xabarlarini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, unda bu siz uchun ayni muddao.

• Iste’foga chiqarilgan Andrey Kanchelskis "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvni bevosita stadiondan turib kuzatib bordi. Futbolchilar esa uning xayrlashuv o‘yinida g‘alaba qozonishdi. Shu kuni rossiyalik mutaxassis nafaqat muxlislar, balki futbolchilar o‘rtasida ham katta hurmatga loyiq ekanligini guvohi bo‘ldik. Bellashuvdan keyin ham ishqibozlar stadionni tark etmagan holda ko‘zda yosh bilan murabbiyni kuzatib qo‘yishdi.

• Bir necha kun avval "Lokomotiv" klubida Andrey Fyodorov o‘rnini Samvel Babayan egalladi. Kecha mutaxassis ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Samvel Babayan terma jamoa murabbiyligida nega Lobanovni maydonga tushirgani, muxlislar, "Paxtakor"dan ketganidan so‘ng futbolchilarning shartnomasiga aralashmagani va boshqalar borasida gapirdi.

• 21-23 iyun kunlari Superligada 12-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Tur o‘yiniga jami 41799 tomoshabin tashrif buyurdi. Bu bir uchrashuvga o‘rtacha 5971ni tashkil qiladi. Eng kam muxlis “Paxtakor”, eng ko‘pi esa “Navbahor” ishtirokidagi o‘yinda kuzatildi.

• Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi erkin agentga aylangan braziliyalik himoyachi Dani Alvesga qiziqish bildira boshladi. Avvalroq 36 yoshli futbolchi o‘z xizmatlarini “Barselona” klubiga taklif qilgani, biroq undan rad javobini olgan. Shu bois u yangi mavsumni Superligada boshlashi mumkin.

• “Navbahor” klubining rossiyalik hujumkor yarim himoyachi Ivan Solovyov jamoa bilan hozircha amalda shartnomasi bor, bitim yakunlangach "Navbahor"da qolish yoki qolmasligi rahbariyatga bog‘liqligi, shaxsan o‘zining ketish niyati yo‘qligini bildirdi.

• SPORTS.uz sayti va "Navbahor" klubi bilan hamkorlikda muxlislar uchun sovrinli o‘yinni yo‘lga qo‘ygandi. "Navbahor" - "Buxoro" uchrashuvining tanaffus vaqtida omadli muxlislar aniqlandi. O‘yinning 3 nafar g‘olibi aqlli soatga ega bo‘ldi.

• Andrey Shipilov “Paxtakor”dagi faoliyati, “Metallurg”ga ko‘chib o‘tib, bu erda amalga oshirayotgan ishlari, shuningdek, jamoaga g‘oliblik ruhini qay tariqa singdirish mumkinligi borasidagi o‘zining batafsil fikrlari bilan o‘rtoqlashdi (1-qism).

• Hozirgi kunda o‘zbek professional boks olamidagi eng shov-shuvli xabar deya, hamyurtimiz Murodjon Ahmadalievning WBA chempionlik kamari uchun AQSh vakili, ushbu yo‘nalishdagi chempionlik kamari soxibi Daniel Romanga qarshi jang o‘tkazishi bo‘lib turibdi. Avgust yoki sentyabr oyiga mo‘ljallanayotgan ushbu extimoliy jang Murodjon uchun juda katta ahamiyatga ega. Ushbu jangda kimning imkoniyati yuqori degan savolga o‘ziga xos taxminlarimiz va taxlillarimiz, bu boradagi qarashlarimiz, shaxsiy fikrlarimiz sizni befarq qoldirmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!