Kayl Uoker tarixga kirdi

  • 12 sentabr, 2023, 15:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evro-2024" saralashi doirasidagi Ukraina hamda Angliya bahsi bo‘lib o‘tdi va unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. 

Dastlab, 26-daqiqada Oleksandr Zinchenko hisobni ochgan bo‘lsa, 41-daqiqada Kayl Uoker muvozanatni tikladi. Uoker Angliya terma jamoasi tarixida gol urgan 450-futbolchiga aylandi.

Tecno

Bu Kaylning terma jamoadagi 77-uchrashuvida sodir bo‘ldi. U milliy terma jamoadagi ilk o‘yinini 2011 yilda o‘tkazgan. 2021-yilda Angliya terma jamoasi finalda italiyaliklarga yutqazib qo‘yganida Evropa vitse-chempioniga aylangan. Klub darajasida Kayl Uoker so‘nggi olti yil davomida "Manchester Siti"da o‘ynab kelmoqda.

Ma’lumot uchun, “C” guruhining navbatdagi turida Angliya Italiya bilan o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!