Kayl Uoker: “Manchester Siti”dagi safarim hali to‘liq yakunlanmagan"

  • 5 aprel, 13:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik tajribali himoyachi Kayl Uoker o‘z faoliyatini hozirda Italiyada davom ettirayotgan bo‘lishiga qaramay, “Manchester Siti”ga qaytishi mumkinligini inkor etmadi. 

Tecno

Xabaringiz bor, qishda Uoker “Milan”ga mavsum oxirigacha ijara asosida o‘tgan edi va kelishuvda xarid qilish huquqi ham nazarda tutilgan.

"Men xayrlashuv so‘zlarimni aytganimdan so‘ng Pep Gvardiola o‘rnidan turdi va juda iliq so‘zlar bilan chiqish qildi. U menga qilgan xizmatlarim uchun minnatdorlik bildirdi. Lekin eshitinglar, bu hali oxiri emas. Men faqat ijaraga ketdim, xolos.

Shuni ham inobatga olishim kerakki, men qaytishim mumkin. Albatta, mavsum yakunlangach, tomonlar o‘zaro kelishuvga kelishlari kerak. Bu sahifa hali yopilmagan. Kelajakda nima bo‘lishini ko‘raylik.

"Siti” men uchun nafaqat maydonda, balki maydon tashqarisida ham juda ko‘p narsa berdi. Bu klubni tark etayotganda, o‘zingni qanchalik baxtli bo‘lganingni tushunasan.

Men ilgari o‘ynagan klublarga nisbatan hurmatsizlik qilmoqchi emasman. Lekin “Siti”da o‘tkazgan etti yilni boshqa hech qaerda takrorlab bo‘lmaydi" – deya qo‘shimcha qildi Kayl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!