Kavani yana jarohat oldi

  • 27 mart, 2019, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ forvardi Edinson Kavani yana lazaretga tushdi. Bu haqda L'Equipe nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi mashg‘ulotlar paytida yana son mushaklarini shikastlab olgan. Endi uni sog‘ayishi uchun yana 2 hafta muddat talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, Kavani “Manchester Yunayted”ga qarshi EChL 1/8 final javob bahsida bir necha daqiqa o‘ynaganini inobatga olmaganda 9 fevraldan buyon PSJga yordam bermayapti. U joriy mavsum jami 27ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 22ta gol hamda 8ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!