
Kavani PSJda qolmoqchi
PSJ forvardi Edinson Kavani o‘zining jamoadagi kelajagi haqida gapirib o‘tdi.
“Mening ushbu jamoa bilan shartnomam bor. Bu erda xotirjamman va hamma narsa meni qanoatlantiradi. Parijdagi hayotimdan mamnunman. Ammo futbolda oldindan nimadir deyish qiyin”, - deydi urugvaylik futbolchi.
Ma’lumot uchun, 32 yoshli Kavani joriy mavsum PSJ safida jami 29ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 22ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar