Kavani Milanga, Ikardi esa Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 24 aprel, 2019, 19:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ hujumchisi Edinson Kavani va “Inter” hujumchisi Mauro Ikardi yozda o‘zaro jamoa almashtirishlari mumkin.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga qaraganda parijliklar va milanliklar mavsumlar oralig‘ida o‘zaro hujumchilarini almashtirishmoqchi. Unga ko‘ra 32 yoshli urugvaylik futbolchi “Inter”ga, 26 yoshli argentinalik futbolchi esa PSJga o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Ikardi joriy mavsum A Seriyada 24ta o‘yinda maydonga tushib 10ta gol urishga erishdi. Kavani esa Frantsiya chempionatining 17ta o‘yinida ishtirok etdi va 17ta golga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!