Kavani baland “dor”ga osilyapti

  • 4 avgust, 2022, 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bilan xayrlashgan Edinson Kavani yoshi o‘tib qolganiga qaramay, Evropaning grand klublarida o‘ynashni istayapti.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, urugvaylik hujumchi “Real” safida to‘p tepmoqchi.

35 yoshli futbolchi Evropa Chempionlar ligasida qolib chiqish uchun ushbu musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblangan madridliklar zaxirasida o‘tirishga ham rozi.

“Real”ning o‘zi ham Karim Benzemaga o‘rinbosar qidirmoqda. Ular Kavanidan foydalanib qolishi mumkin.

Edinson Kavani faoliyatida davomida jami 615 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 360 ta gol va 72 ta assist yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!