"Katta dubulg‘a" musobaqasi. Svetlana Osipova birinchi raqamli taekvondochiga mag‘lub bo‘ldi

CHERY AUTO

Xitoyning Usi shahrida Katta dubulg‘a musobaqasi bahslari davom etmoqda.

Tecno

Hamyurtimiz Svetlana Osipova chorak finalda britaniyalik Byanka Uolkdenga qarshi dayanga chiqdi. Svetlana ayni paytda Olimpiya reytingida birinchi o‘rinda borayotgan britaniyalik sportchiga munosib qarshilik ko‘rsatdi, ammo yakunda baribir Uolkden g‘olib bo‘ldi.

Oldinroq hamyurtimiz nimchorak finalda braziliyalik Rayane Pereyrani mag‘lub etgan edi.

Manba: O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!