Katanets: "Mashg‘ulotlarda penaltilarni mashq qilishdan naf yo‘q"

  • 6 iyun, 2024, 22:35
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lub qilib, ochkolari sonini 13 taga etkazib oldi. Uchrashuvdan so‘ng Srechko Katanets matbuot anjumanida penaltilar borasidagi savolga quyichadgicha javob qaytardi:

Tecno

"Futbolda eng katta muammolardan biri bu penaltini amalga oshirish. Messi darajasidagi futbolchilar ham xato qilishadi. U-23 terma jamoasida bo‘lga holatni ham ko‘rdim. O‘sha gol ura olmagan futbolchimiz qandaydir o‘ziga bo‘lgan ishonchi yo‘qligi sezilib turdi.  Penaltilar bo‘yicha muammoni O‘zbekiston Superligasida ham ko‘rishingiz mumkin. Klublarimizda asosan penaltini legionerlar tepadi. "Navbahor"da nimaga Iskanderov emas, balki Tabatadze 11 metrlik jarimani amalga oshiradi, deb o‘ylaysiz, Bunga qanday echim borligini ochig‘i bilmadim. Birinchi navbatda futbolchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchi baland bo‘lishi kerak. Mashg‘ulotlarda sun’iy bosimni tashkil qilsangiz ham, bunidan foyda bo‘lmaydi. Qo‘shimchasiga futbolchi o‘yinda charchagan bo‘ladi".

Eslatib o‘tamiz, 6-turda jamoamizni Eronga qarshi safar uchrashuvi kutib turibdi. Agarda ushbu bahsda Katanets shogirdlari g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, keyingi bosqichga birinchi o‘rin bilan chiqadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!