Katanets Malayziyadan o‘tkazib yuborilgan golga qanday izoh berdi?

  • 10 oktabr, 2021, 02:18
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Milliy terma jamoasi kecha Malayziyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi va yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur baxsdan so‘ng termamiz bosh murabbiyi Srechko Katanets o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Birinchi navbatda, futbolchilarimni ushbu g‘alaba bilan tabriklamoqchiman. Raqib nomdor bo‘lmasada, shogirdlarim o‘yinga jiddiy yondashdi. Ular butun o‘yin davomida tempni ushlab turdi. Ko‘rsatilgan professionallik uchun ularga minatdorchilik bildiraman.

Bugun biz jamoa sifatida yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. O‘ylashimcha, yangi futbolchilarni alohida ajratib ko‘rsatish adolatdan bo‘lmaydi. Shunga qaramay, debyut qilganlar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Balki, muxlislar uchun uchrashuv oson o‘tgandek tuyulgandir, ammo bunday bo‘lmadi. Biz 90 daqiqa agressiv futbol ko‘rsatishga urindik. Maydon markazidagi to‘p uchun kurashda faol bo‘lganimiz va to‘liq pressingga suyanganimiz quvonarli holat.

Tecno

To‘g‘ri, bitta gol o‘tkazib yubordik, biroq bunda faqat himoyachilar aybdor emas. Bo‘lim yakunida hujumda ham, maydon markazida ham pressing amalga oshirmadik. Shu sababli, ular bizga gol urdi. Nima bo‘lsa ham, himoya chizig‘idan qoniqdim", - dedi Katanets.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
10/10/2021 10:19
Бу Катанецнинг МТЖ даги илк ғалабаси. Ғалабалари бардавом бўлишини тилаб қоламиз. Унинг кучини энди Иордания билан бўладиган баҳсда кўрамиз.