Karvaxal qachon safga qaytishi mumkin?

  • 7 oktabr, 2024, 08:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxalning jarohatidan tiklanishi bir yilga cho‘zilishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, Ripol i De Prado klinikasi direktori doktor Pedro Luis Ripollning fikricha, Karvaxalning jarohati son suyagi jarohat olgani tufayli juda murakkab. Shifokorning fikricha, futbolchining tiklanishi kamida bir yil davom etadi.

Eslatib o‘tamiz. "Vilyarreal" bilan o‘yin yakuni arafasida Karvaxal raqib futbolchisi Yeremi Pino bilan to‘qnashib ketdi. Ispaniyalik futbolchi maydonni zambilda tark etdi.

Avvalroq “Real” futbolchi bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirgani ma’lum bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!