Karrager: "Hech kim "Liverpul" va "Manchester Yunayted"dan kattaroq jamoa bo‘la olmaydi"
"Liverpul"ning sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Angliyaning eng yirik klublari haqida fikr bildirdi.
"Manchester Siti" hech qachon "Manchester Yunayted"dan kattaroq bo‘lmaydi. Shuningdek, "Liverpul"ning "Siti"ga qarshi o‘yini hech qachon "Yunayted"ga qarshi bahs darajasiga etolmaydi. Bu hech qachon sodir bo‘lmaydi.
"Liverpul" va "Manchester Yunayted" har doim Angliyaning ikki eng katta jamoasi bo‘lib qoladi. Bu tarixan shunday shakllangan. Men bu holat hech qachon o‘zgarishiga ishonmayman.
"Manchester Siti" g‘alabalarni davom ettirsa, ko‘proq sovrin va chempionliklarga erishishi mumkin, ammo bu mamlakatda "Liverpul" yoki "Manchester Yunayted"ning nufuzi va maqomidan oshib o‘tishni tasavvur qilish juda qiyin", — dedi Karrager.



Fikrlar