
Karolina Muxovaga Amerika yoqib qoldi
Chexiyalik tennischi Karolina Muxova Nyu-York shahrida Xotin-qizlar tennis uyushmasi tomonidan o‘tkazilayotgan "NYJTL Bronx Open" xalqaro turnirida ikkinchi davraga chiqdi.
Karolina musobaqaning birinchi davrasida slovakiyalik Viktoriya Kuzmovani 7:5, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shuningdek, mazkur bosqichda belaruslik Aleksandra Sosnovich sloveniyalik Polona Xertsogni 6:3, 6:2 hisobida taslim qildi.
Fikrlar