
Karolin Voznyatski rus go‘zalini engdi
Daniyalik tennischi Karolin Voznyatski London shahrida o‘tayotgan "Uimbldon" musobaqasining ikkinchi davrasida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Karolin ushbu bosqichda rossiyalik Veronika Kudermetovaga qarshi kortga chiqib, yakunda 7:6, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa Voznyatski "Katta dubulg‘a" turkumidagi chempionatning uchinchi bosqichida xitoylik Chjan Shuay bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar