
Karlo Anchelotti "Yuventus" futbolchisini APLga chorlamoqda
"Everton" Germaniya terma jamoasi va "Yuventus" yarim himoyachisi Emre Janni qo‘lga kiritmoqchi.
La Gazzetta dello Sport nashriga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida mersisaydliklar futbolchi uchun Turinga rasmiy taklif yuborishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, Emre Janning transferiga "Everton" ustozi Karlo Anchelottining shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, germaniyalikning "Yuventus" bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilning 30-iyunigacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi Italiya chempionatida sakkizta o‘yinda maydonga tushdi, biroq gol yoki gollik uzatma muallifi bo‘la olmadi.
Oldinroq, futbolchi uchun "Borussiya Dortmund" klubi da’vogarlik qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar