Karlo Anchelotti Xavi va Messiga "otvet" qaytardi

  • 5 oktabr, 2022, 00:55
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" bosh murabbiy Karlo Anchelotti Evropa Chempionlar ligasi 3-turi doirasidagi "Shaxtyor"ga qarshi bahsdan oldin matbuot anjumanida qatnashdi. Italiyalik mutaxassis yaqinda "Barselona" ustozi Xavi va PSJ hujumchisi Leo Messining fikrlariga munosabat bildirdi. Avvalroq, argentinalik futbolchi va kataloniyaliklar murabbiyi EChLda har doim ham yaxshi jamoalar g‘alaba qozonavermaydi qabilida gapirgandi.

"Xavi va Messi Chempionlar ligasida har doim ham eng yaxshi jamoa g‘olib chiqmasligini aytishdi? (kuladi) Bu gaplardan hayratga tushdim. Har doim eng yaxshi jamoa g‘alaba qozonmaydimi? Bu borada mening fikrim yo‘q. Ular bu kabi fikr bildirganidan ko‘ra Chempionlar ligasida eng zo‘ri g‘alaba qozonadi desa yaxshiroq bo‘lar edi.

Tecno

Chempionlar ligasida, umuman olganda butun futbolda kim gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi . Shubhasiz, o‘tgan mavsum bu borada eng zo‘ri "qirollik klubi" edi. Shuningdek, bir mavsumda PSJ, "Chelsi", "Siti" va "Liverpul"ni mag‘lub etdik. Buni tasodif deb atash qiyin”, - dedi Karlo Anchelotti “Shaxtyor”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
05/10/2022 01:52
Bizani sudiya kim nima hozir uyga uyqisi kelmay fijdoni qiynalib yotkan bulsa kerak. chunki. Barsa uyinni kuradigan bulsa. 8 minut qushib berdi sudiya. agar bizani fudbolni kursa bu sudiyala. aniq. 15 minut qushib bersa kerak. lekin bizani sudiyala. VAR uziga 10minut sarflaydi. 5 uyinchi almashadi. lekin. 4 minut qushib beradi.