Karlo Anchelotti: "Kross kabi futbolchining yo‘qligi albatta bilinadi"

  • 4 oktabr, 2024, 18:36
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Karlo Anchelotti "Real Madrid"da Toni Kroos kabi futbolchi yo‘qligi haqida gapirib o‘tdi.

"Albatta sizning jamoangizda Kross kabi futbolchi bo‘lsa, o‘zingizni boshqacha his qilasiz. Ya’ni keyingi uchrashuv uchun reja tayyorlaganingizda nisbatan xotirjamroq bo‘lasiz. Uning yo‘qligi doimo bilinadi. Buni tan olaman albatta.

Ayni payt Modrichda bellashuvni nazorat qilish hislati jamlangan. Kamavingada ajoyib universallik mavjud. Valverde va Bellingemda yaxshi pas bera olish va o‘yinni o‘qiy olish qobiliyati bor. Shuningdek, Chuameni biz uchun ikki karra muhim"
, - dedi "Real" bosh murabbiyi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!