
Karatechilarimiz Jahon chempionatiga yo‘l olishdi
24-29 oktyabr kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.
Unda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi bugun tongda Vengriyaga yo‘l oldi. Tarkibda Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari chempioni Sevinch Rahimova, shuningdek, boshqa bir qator tajribali sportchilarni ko‘rish mumkin. To‘liq tarkib quyidagicha:
Erkaklar:
-60 kg: Sardor Ro‘zimurodov
-67 kg: Sadriddin Saymatov
-75 kg: Quvonchbek Muhammadiev
-84 kg: Alisulton Hojiev
+84 kg: Islombek Ismatillaev
Ayollar:
-50 kg: Shahrizoda Ismatillaeva
-55 kg: Sevinch Rahimova
-61 kg: Zulxumor Tursunalieva
-68 kg: Bonu Egamberdieva
+68 kg: Mohlaroyim Hakimjonova.
MOQ matbuot xizmati
Fikrlar