Karatechilarimiz BAAdagi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etdi

BEPUL PROPAN

Xabaringiz bor, joriy yilning 16-18 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirligining Fujayra shahrida karate WKF bo‘yicha "International karate open" xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Ushbu turnirda 35 ta davlatlardan jami 1700 nafar yoshlar, o‘smirlar va kattalar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Karate bo‘yicha tajribali murabbiy Shoxrux Jo‘raev boshchiligida sport delegatsiyamiz mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etib, 3 ta oltin, 3 ta kumush va 7 ta bronza medallar bilan g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy egallashga muvaffaq bo‘lishdi.
Jumladan, Toshkent shahar sportchilaridan Ali Baxtiyorov yakka kumite baxslarida (10-11 yoshlilar, +30 kg.) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yakka kata bahslarida (12-13 yoshlilar) Umarjon Karimov barcha raqiblarini engib, oltin medal sohibiga aylandi. Shuningdek, musobaqada Toshkent viloyati sportchilari ham g‘alabalarga erishdi. Xususan, Toshkent tumani sport maktabi va "Keles karate" klubi murabbiyi Dilshod Yusupov boshchiligida sportchilarimizdan Azizbek Islombekov (-60 kg. +18 yoshlilar) faxrli birinchi o‘rinni egallab, oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Jo‘rabek Alibekov (14-15 yoshlilar, -52 kg.) uchinchi o‘rin bilan bronza medaliga ega bo‘ldi.
Bugun Toshkent tumani hokimligida murabbiy Dilshod Yusupov va uning chempion shogirdlarini tuman hokimi Odilxon Rustamov va sektor rahbarlari tabriklab, mamlakatimiz obrusini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilayotgani va jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo‘shayotgan hissalari uchun tashakkur bildirishdi.


itva

photo_2024-02-15_09-11-30

photo_2024-02-21_01-11-45

photo_2024-02-21_01-11-45 (2)

lazioo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!