Karate. Osiyo chempionatining bugungi bellashuvlarida 4ta medal qo‘lga kiritdik

BEPUL PROPAN

Qozog‘istonning Almati shahrida davom etayotgan karate WKF bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining bugungi bellashuvlari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Unda hamyurtlarimiz 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Barcha medallar o‘smirlar toifasida bahs olib borgan karatechilarimiz tomonidan qo‘lga kiritildi. G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin medal:
-67 kg: Abdulvahob Rashidov

Bronza medal:
-66 kg: Mohichehra Abduraimova
-48 kg: Gulshan Alimardonova
Yigitlar o‘rtasida jamoaviy kata dasturi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!