
Karantin paytida "Arsenal" futbolchilari bilan ruhshunos shug‘ullanmoqda
"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Artetaning so‘zlariga ko‘ra, karantin paytida jamoa futbolchilari bilan ruhshunos ishlamoqda.
“Bizda muntazam ravishda futbolchilar bilan bog‘lanib turadigan ruhshunos bor. O‘z navbatida biz ham ularning bo‘sh qolmasliklari uchun videoko‘rsatmalar berib boramiz. Bizda ajoyib aloqa o‘rnatilgan. Men bu vaqt ichida futbolchilar bilan yanada yaqinroq tanishib oldim. Biz o‘zaro munosabatlarni yanada yaxshilashga va bir-birimizni yaxshiroq tushunishga harakat qilyapmiz”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
“Arsenal” premer-liganing ortda qolgan 29 turidan so‘ng musobaqa jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar