
Kante bugun Turkiyaga qarshi o‘yinni ham o‘tkazib yuborishi mumkin
Frantsiya terma jamoasi yarim himoyachisi N'Golo Kante Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Turkiyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Dinneri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Chelsi” futbolchisi bugun terma jamoa a’zolaridan alohida, ya’ni yakka tartibda shug‘ullangan. Eslatib o‘tish lozimki, 28 yoshli Kante o‘tgan tur Islandiyaga (1:0) qarshi o‘yindan oldingi chigalyozdi mashg‘ulotlari paytida mushaklaridan jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Frantsiya – Turkiya uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Fikrlar