
Kanselu yana "Siti"ga qaytmasligi mumkin
Insayder Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilishicha, "Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Joau Kanselu bilan ijara shartnomasini imzolashga yaqin turibdi.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining o‘zi allaqachon "ko‘k-anorranglilar" bilan shaxsiy kelishuvga erishgan va hozirda klublar o‘zaro kelishib olishlari qolgan xolos. Bu yaqin kunlarda sodir bo‘lishi kutilmoqda. "Barselona" shu hafta ushbu transferni yopish rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Barselona" va "Manchester Siti" o‘rtasidagi shartnomada ijara muddati tugaganidan keyin kataloniyaliklar 29 yoshli himoyachining huquqlarini sotib olishi haqidagi bandni o‘z ichiga olishi, ammo bu majburiy bo‘lmasligi haqida xabar berilgandi.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini "Bavariya"da ijara asosida o‘tkazdi va Bundesliganing 15 o‘yinida bitta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt futbolchining bozor narxini 50 mln evroga baholamoqda.
Fikrlar