
Kanselu: "Gvardiola mendan ko‘ra boshqa o‘yinchilarni afzal ko‘rdi"
"Bavariya" himoyachisi Joau Kanselo "Manchester Siti"dan ketishi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik futbolchi nemis klubida mavsum oxirigacha ijara asosida harakat qiladi, biroq Yulian Nagelsmann jamoasi himoyachini mavsum so‘ngiga qadar 70 million evroga sotib olishi mumkin.
"Gvardiola qanot himoyachilari borasida biroz boshqacha yo‘lni tanladi. Men bu tarkib bilan ham o‘ynashim mumkin edi, lekin unga Riko Luis va Natan Ake bilan bo‘lgan variantlar ko‘proq yoqdi. Men uning qarorini hurmat qilaman, chunki jamoada boshqa yaxshi o‘yinchilar bor", - deya Kanseluning so‘zlarini keltiradi "O Jogo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Kanselu hozircha "qizillar" tarkibida 2 ta golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar