
Kanada terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Rasman Jessi Marsh Kanada terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Marsh bilan 2026 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi. U ayni paytda jamoani Kopa Amerikaga, undan keyin esa Jahon chempionatiga tayyorlash ishlarini olib boradi.
"Kanadani o‘z uyimizda o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etish va boshqarish mutlaq sharafdir. Ushbu mamlakat futbolidagi yangi rahbariyat va dinamik o‘yinchilar salohiyati meni ilhomlantirdi va men bu mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga tayyorman. Hammasi "JCh-2026" yil uchun!”, - dedi Jessi Marsh.
Amerikalik mutaxassis 2022 yil fevral oyida "Lids"ni qabul qilib oldi va 2023 yilning fevral oyida iste’foga chiqarildi. Murabbiy undan oldin "Leyptsig"da ishlagan.
Fikrlar