"Kamp Nou" buzilishi mumkin

  • 21 dekabr, 2020, 19:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidentligiga nomzod Agusti Benedito o‘zining saylov oldi kampaniyasini namoyish etdi. As nashrining yozishicha, Benedito prezidentlik saylovida g‘alaba qozongan taqdirda, "Kamp Nou"ning o‘rniga yangi stadion qurishni rejalashtirmoqda.

Tecno

Agusti bu borada ikki yo‘lni taklif qilmoqda. Birinchisi "Kamp Nou"ni butunlay buzib, uning o‘rnida yangi arenani bunyod etish va vaqtincha "Olimpiya" stadioniga ko‘chib o‘tish, ikkinchisi San-Joan-Despi tumanida yangi stadion qurish.

Qayd etish joiz, Benedito "Kamp Nou"ning sig‘imini 99 mingdan 105 mingga oshiradigan rekonstruktsiyaga butunlay qarshi. U o‘zining pozitsiyasini tushuntirar ekan, "Kamp Nou" 1957 yilda qurilganligini va ushbu rekonstruktsiyaga yaroqsizligi bilan izohlagan. 

Eslatib o‘tamiz, 27 oktyabr kuni Xosep Mariya Bartomeu "Barselona" prezidenti lavozimini tark etdi. Klubning yangi rahbarini saylash 2021 yilning yanvarida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!