
Kamaru Usman UFC ga "bomba" taklif bilan chiqdi
Yarim o‘rta vaznda sobiq UFC chempioni Kamaru Usman promoushenga murojat qilib, noodatiy taklif bildirdi.
"Ispaniyada, Madridda Iliya Topuriya va Konor Makgregorning jangini engil vaznda ko‘rishga nima deysiz? Bu haqiqatdan ham ajoyib bo‘lardi...", - dedi Usman o‘zining You Tube kanalida.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida Iliya Topuriya 3-raundda Maks Xolloueyni nokautga uchratib, kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Fikrlar