Kamaru Usman kimlarni potentsial raqib sifatida ko‘radi?

  • 17 iyul, 2024, 08:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi UFC jangchilari reytingining sobiq etakchisi va yarim o‘rta vazn toifasida sobiq chempion nigeriyalik Kamaru Usman potentsial raqiblar nomini aytdi.

Tecno

“Hozir faoliyatim yakuniga qarab ketmoqda. Shunday ekan, menga kareramni to‘g‘ri yo‘lda yakunlash imkoniyatini bering. Raqiblarim Shavkat Ramxonov, Ian Garri, Jek Della Maddalena yoki Belal Muhammad bo‘lishi mumkinmi? Albatta, ha”, - dedi Kamaru Usman DraftKings YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil oktyabr oyida Abu-Dabidagi UFC 294 turniri doirasida bo‘lib o‘tgan so‘nggi jangida Kamaru Usman engilmas chechen jangchisi Hamzat Chimaevga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va mag‘lub bo‘lgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!