Kamaru Usman: “Aleks Perreyra va Magomed Ankalaev o‘rtasida uchinchi jangni ko‘rishni istayman”
Nigeriyalik UFC jangchisi Kamaru Usman braziliyalik Aleks Perreyra va rossiyalik Magomed Ankalaev o‘rtasida trilogiya tashkil etilishiga umid bildirdi.
“Biz allaqachon Perreyraning kamarni yo‘qotganini ko‘rdik va bu qanday sodir bo‘lganini bilamiz. Endi Ankalaev unvondan ayrildi. Biroq hali ham "kim kuchli?" degan savolga aniq javobimiz yo‘q. shu bois bizga uchinchi to‘qnashuv kerak. Trilogiya hamma savollarga javob beradi. Men ushbu qarama-qarshilikni Oq uyda o‘tkaziladigan turnirda ko‘rishni istardim”, — deya Usmanning so‘zlarini keltirdi "Red Corner MMA".
Eslatib o‘tamiz, Perreyra "UFC 320" turnirida Ankalaevni 1-raundda texnik nokautga uchratdi.



Fikrlar